“Cyber university” davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
- raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
- yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;
- o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
- tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.
Universitetda o‘qishning afzalliklari:
- Kelajak kasbi egasiga aylanish imkoniyati. O‘rganishlar natijasida butun dunyoda Kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi mutaxassislarga talab kelgusi 10-yillikda eng yuqori bo‘ladi (Top 5 ta kasblardan biri);
- Ta’lim 1+3 shaklida olib boriladi. 1 o‘quv yili Foundation, keyingi 3 o‘quv yili to‘liq ingliz tilida olib boriladi;
- Zamonaviy Green campus, Kiberxavfsizlik yo‘nalishida zamonaviy laboratoriyalar, yetakchi xorijiy va mahalliy kompaniyalarda amaliyot (stajirovka) o‘tash imkoniyati;
- Xalqaro almashinuv (International exchange programs) dasturlarida ishtirok etish imkoniyati;
- Xalqaro va davlat namunasidagi diplom va sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati;
- Faol talabalik hayoti (hakatonlar, turli xil klublar (munozaralar, sport, kino, sayohatlar, ezgu amallar va boshqalar);
- O‘qish davrida turli xil loyihalarda ishtirok etish va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish;
- Yuqori malakali mutaxassislardan amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish;
- Universitetni tugatganda rasmiy ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Bitiruvchi quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi:
- Kiberxavfsizlik yo‘nalishida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga;
- Kuchli Networking;
- Jamoaviy ishlash ko‘nikmasi;
- Liderlik;
- Kiberxavfsizlik yo‘nalishida Xalqaro sertifikatlarga - Cisco, CTF, Google, Coursera, Huawei, Amazon, IELTS 7,5 ball ega bo‘lish.