“Cyber University”ning xalqaro hamkorligi universitet rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uni global akademik makonga integratsiya qilish va jahon darajasidagi zamonaviy taʼlim hamda ilmiy muhitni shakllantirishga qaratilgan.
“Cyber University” o‘z oldiga kiberxavfsizlik, axborotni himoya qilish, dasturiy muhandislik, raqamli huquq, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot kabi ustuvor sohalarda xalqaro eʼtirof etilgan universitet va kompetensiyalar markaziga aylanishni maqsad qilib qo‘ygan. Universitetning xalqaro faoliyati mazkur maqsadga erishishga xizmat qilib, barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, transmilliy tashabbuslarda ishtirok etish va dunyo tajribasini taʼlim hamda tadqiqot jarayonlariga joriy etishni nazarda tutadi.
“Cyber University” xalqaro faoliyati quyidagilarga qaratilgan:
• Taʼlim va ilm-fan sifati xalqaro tajriba, metodologiyalar va resurslardan foydalangan holda oshirish;
• Yangicha fikrlaydigan, global bozorda raqobatbardosh va mobil mutaxassislar avlodini tayyorlash;
• Xalqaro akademik hamkorlik muhitini shakllantirish;
• Xalqaro akademik va sohaviy reytinglarda universitet nufuzini oshirish;
• Mahalliy va xalqaro raqamli ekotizimlar rivojiga hissa qo‘shish.
“Cyber University” xalqaro faoliyatni turli formatlarda yo‘lga qo‘yishga intilmoqda, jumladan:
• yetakchi xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• hamkorlik bo‘yicha memorandumlar va kelishuvlar imzolash;
• qo‘shma ta’lim tashabbuslarini ishlab chiqish;
• xorijiy OTMlar bilan akademik aloqalar va kasbiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, mavzuli maktablar, treninglar va almashinuv tashriflarida ishtirok etish;
• qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va xalqaro tadqiqot konsorsiumlarida ishtirok etish;
• xalqaro grant tashabbuslarida ishtirok etish;
• ilmiy muloqotni kengaytirish va tajriba almashishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlar va xakatonlar o‘tkazish;
• raqamli texnologiyalar sohasida global professional hamjamiyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bitiruvchilar tarmoqlarini shakllantirish.
“Cyber University”ning xalqaro hamkorlik geografiyasi quyidagi davlatlarni qamrab olgan:
AQSH:
• Johns Hopkins University
• The University of California, San Diego (UC San Diego)
• The University of California, Berkeley (UC Berkeley)
• Stanford University‘ning Stanford Engineering Center for Global & Online Education (CGOE)
• The University of Washington (UW)
Xitoy:
• Xidian University
• University of Electronic Science and Technology of China (UESTC)
• Zhejiang University (ZU)
• Hangzhou Dianzi University (HDU)
• Beijing Institute of Technology (BIT)
Hamkorlik doirasida Osiyo, Yevropa, Sharq davlatlaridagi universitetlar bilan aloqalarni kengaytirish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, “Cyber University” xalqaro hamkorlik doirasida sanoat va xalqaro tashkilotlar, texnologiyalar transferi markazlari, startaplar uchun inkubator va akseleratorlar bilan ham hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda.