Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

“CYBER UNIVERSITY” davlat universitetining bakalavriat yo‘nalishidagi asosiy vazifalari

  • Axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlar, robototexnika va boshqa turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash.
  • Raqamli texnologiyalar sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
  • O‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish, ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish.
  • Yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxona va tashkilotlarni malakali kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish.
  • O‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
  • Tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

Rasmiy hujjatlar

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar

Cyber University of Uzbekistan