Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

✅ “Yoshlar kuni”: Cyber Universityda talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

DY3A4909.JPG

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat hayotidagi islohotlarga faol jalb etish maqsadida turli tashkilot va muassasalarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri Cyber University davlat universitetida ham bo‘lib o‘tdi.

DY3A4919.JP

🟢 Mazkur uchrashuv universitet rektori Sh. Kayumov ishtirokida o‘tkazilib, unda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida talabalar tomonidan ta’lim jarayoni, yangi to‘garak va klublar tashkil etish, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ayrim fanlardan akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan qator savol va takliflar bildirildi.

🟢 Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berilib, talabalar ilgari surgan fikr va tashabbuslar alohida e’tibor bilan tinglandi. Shuningdek, talabalarga universitetda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borish muhimligi ta’kidlandi.

DY3A4905.JPG

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarga kelajakda zamonaviy bilim va ko`nikmaga ega bo‘lib, mamlakatimizning raqamli xavfsizligi va texnologik taraqqiyotini ta’minlashga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlari zarurligi haqida tavsiyalar berildi.

Cyber University of Uzbekistan