Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda raqamli bog‘lanish” loyihasi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

photo_2025-06-23_18-41-02

2025-yil 20-iyun kuni Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda raqamli bog‘lanish” (Digital Connectivity of Central Asia) loyihasi eksperti Besnik Limay bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Besnik Limay loyihaning asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Loyiha raqamli siyosatni rivojlantirish, raqamli yechimlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, professional ko‘nikmalarni shakllantirish va innovatsion taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash kabi keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

photo_2025-06-23_18-41-04

Tomonlar raqamli madaniyatni shakllantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va raqamli savodxonlikni oshirishning dolzarbligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan treninglar o‘tkazish, onlayn-laboratoriya tashkil etish kabi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqining universitetlari va ilmiy muassasalari bilan akademik aloqalar o‘rnatish masalalari ko‘rib chiqishga tayyorlik bildirildi.

photo_2025-06-23_18-41-04 (2

“Cyber University” global ta’lim makoniga integratsiyalashish va raqamli ta’limning ilg‘or amaliyotlarini joriy etishga intilishda xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirishni davom ettirmoqda.