Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik

photo_2025-09-08_15-29-05

Bugun "Cyber University”da yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda rektor zamonaviy ta’lim standartlari va kredit-modul tizimida ishlash tartiblari haqida ma’lumot berdi. Yig‘ilishda universitetning yangi o‘quv yiliga tayyorligi va ta’lim sifatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

photo_2025-09-08_15-29-09

Inson resurslari bilan ishlash bo‘limi xodimi professor-o‘qituvchilar va xodimlarga qo‘yiladigan yangi talablarni tushuntirdi. Ushbu talablar ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

photo_2025-09-08_15-29-12

Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar va kafedra mudirlari bilan kredit-modul haftaligi bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. O‘quv jarayonini ushbu tizim asosida tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar taqdim etildi.

Cyber University of Uzbekistan