Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber Universityda navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

DY3A4655.JPG

Cyber University davlat universitetida navbatdagi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mas’ul bo‘lim rahbarlari hamda Kengash a’zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ta’lim sifatini yanada oshirish, davlat siyosati doirasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda universitet faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.

DY3A4618

Kun tartibidagi birinchi masala doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari, shuningdek buyruqlar ijrosining bajarilish holati ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan universitet rektori Sh.Kayumov axborot berib, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda universitet faoliyatida izchil tatbiq etilayotgan qarorlar haqida alohida ta’kidladi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni rivojlantirish va talabalar uchun zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, universitetda davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida muntazam monitoring olib borilayotgani, bu esa ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala 2025–2026 o‘quv yilida fanlardan qarzdor bo‘lgan talabalar uchun qayta o‘qitishni tashkil etish masalasiga bag‘ishlandi.

Universitet Xotin-qizlar kengashi raisi saylovi

Majlisda muhokama qilingan yana bir muhim masala — universitet Xotin-qizlar kengashi raisi lavozimiga saylov o‘tkazish masalasi bo‘ldi.

Mazkur masala yuzasidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M. Kanagatov axborot berib, universitetda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim va jamoatchilik hayotidagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Kengash qaroriga muvofiq, Universitet Xotin-qizlar kengashi raisi lavozimiga Vasilа Ergashovna saylandi. Universitet jamoasi tomonidan yangi saylangan raisaga mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, samarali tashabbuslar va kelgusidagi ishlarida omad tilandi.

DY3A4649.JPG

Qayd etilganidek, universitetda gender tenglikni ta’minlash, iqtidorli talaba qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va ijtimoiy tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda Xotin-qizlar kengashi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.