Kunduzgi ta’lim uchun:
Qaysi hujjatlar kerak?
Pasport nusxasi, diplom asli va nusxasi yoki shahodatnoma nusxasi, 3x4 o‘lchamdagi 8 dona surat. Har bir hujjatdan 2 nusxadan tayyorlab, jildga joylab topshirasiz.
Noutbuk shartmi?
Ha, har bir talaba o‘z noutbuki bilan kelishi kerak.
Masofaviy ta’lim uchun:
Qachon hujjatlar topshiriladi?
Yuqoridagi hujjatlar darslar boshlanishi bilan birga olib borib topshiriladi.
Darslar qachon boshlanadi?
Masofaviy ta’lim shakli uchun 2-oktabrdan.
Eslatma: Kunduzgi va masofaviy ta’lim uchun hujjatlar bir xil. Yotoqxona narxlari va masofaviy shartnoma summalari tez kunda tasdiqlanadi. Qo‘shimcha savollar bo‘lsa, qabul komissiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.