
Universitetimiz "Startup Garage" MChJ bilan hamkorlik memorandumi imzolagani haqida avval xabar bergan edik. Ushbu memorandum asosida kompaniya talabalarimizga innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, ularni amaliyotga joriy etish va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Kecha ushbu hamkorlik doirasida universitetimizga "Startup Garage" vakillari – Bashirjon Rabbimov va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis Sharipova Aziza tashrif buyurdi. Ular talabalarga biznesning mazmun-mohiyatini tushuntirish, biznes g‘oyalarini takomillashtirish va ular uchun moliyaviy manba topishga bag‘ishlangan master-klasslar o‘tkazdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va esdalik sifatida qiziqarli kitoblar bilan taqdirlandi.
Mazkur hamkorlik universitet yoshlariga xalqaro tajribaga asoslangan amaliy ko‘nikmalarni egallash va o‘z loyihalarini real biznesga aylantirishda muhim qadam bo‘ladi. Kelgusi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berib boramiz.