Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Xitoyga tashrif: Cyber University xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda.

xidian1.jpg
Raqamli texnologiyalar vazirligi ko'magida Cyber University delegatsiyasi, rektor Sh. Kayumov boshchiligida, Xitoyning Sian shahrida joylashgan kiberxavfsizlik yo'nalishida mamlakat reytingida 1-o‘rinda turuvchi Xidian universitetiga tashrif buyurdi.
Ma'lumot uchun, Xidian universiteti – Xitoyning ilg‘or va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda unda 39 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet bitiruvchilarining mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashish ko'rsatkichi 99 foizni tashkil etadi. Shuningdek, Xidian universiteti 67 ta xalqaro hamkorlikdagi zamonaviy ilmiy laboratoriyalarga ega.
Ushbu tashrif Cyber University uchun strategik ahamiyat kasb etib, global miqyosda ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga integratsiya qilishga xizmat qiladi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Xidian universitetining ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarini o'rganib, kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar sohasida yetakchi hisoblangan "Kiber muhandislik" fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
xidian4.jpg
Uchrashuv chog‘ida birgalikda ilmiy konferensiyalarni o‘tkazish, xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish, akademik almashinuvlar va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, shuningdek, “Campus-in-Campus” hamkorlik formatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tashrif yakunida ikki oliygoh o‘rtasida strategik hamkorlikni mustahkamlovchi Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
xidian3.jpg
Cyber University xalqaro maydonda faol va barqaror ilmiy-akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yishda izchil qadamlar tashlamoqda.
Cyber University of Uzbekistan