Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

“Uzum Market” eksperti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

DY3A8441.JPG

Universitetimizda O‘zbekistonning ilk “unicorn” loyihalaridan biri — Uzum Market kompaniyasining IT Product Manager’i Dilnozaxon Salimova ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.


DY3A8444.JPG

Uchrashuv davomida spiker “G‘oyadan mahsulotgacha: IT-loyihalar qanday yaratiladi?” mavzusida o‘zining amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, logistika va elektron tijorat tizimlarida raqamli mahsulotlarni yaratish, ularni rivojlantirish hamda yirik infratuzilmalarni boshqarish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sohaga oid muhim bilim va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.


DY3A8442.JPG

Bunday uchrashuvlar yoshlarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.