Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

“Kelajak muhandislari” festivali doirasida xalqaro yutuq

photo_2026-04-30_17-02-43

“Kelajak muhandislari” festivali doirasida o‘tkazilgan ShHT xalqaro xakatoni — “AI va kiberxavfsizlik integratsiyasi” yo‘nalishida muhim bosqichlar muvaffaqiyatli yakunlandi.

photo_2026-04-30_17-02-43 (2).jpg

Mazkur xakatonning saralash bosqichida respublika bo‘ylab 19 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ilg‘or sun’iy intellekt modelini yaratgan jamoamiz Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shundan so‘ng, jamoamiz O‘zbekiston nomidan xalqaro bosqichda ishtirok etib, ShHTga a’zo davlatlar terma jamoalari qatorida munosib ishtirok etdi. Xalqaro etapda jami 10 ta kuchli jamoa o‘zaro bellashdi.

Ayniqsa, katta sahnada talabamiz Eldor Musaev nomining baralla yangragani barchamiz uchun yuksak faxr va iftixor bag‘ishladi. Bu natija universitetimizda ta’lim va tarbiya jarayonlari naqadar puxta yo‘lga qo‘yilganining yaqqol isbotidir.

E’tiborlisi, birinchi kursning o‘zidayoq bunday yuksak natijaga erishilishi Cyber University talabalari doimiy ravishda nufuzli musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallab kelayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

photo_2026-05-01_00-05-02.jpg

Mazkur yutuq mamlakatimizda sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalariga bo‘lgan e’tibor tobora ortib borayotganining yorqin ifodasidir.