

Beshimov G‘ayrat Ro‘zinazarovich tomonidan “Ratsional sonlar maydoni ustidagi ikki o‘lchovli bichiziqli-metrik fazolarda nuqtalar sistemasining invariantlari” mavzusida tayyorlangan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Mazkur dissertatsiya “Geometriya va topologiya” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari sohasida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan bo‘lib, uning himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tdi.
Muhokamalar jarayonida dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi, nazariy ahamiyati hamda geometriya va topologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar rivojiga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi. Ilmiy kengash qaroriga muvofiq, tadqiqotchiga fizika-matematika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasi berildi.
Ahamiyatlisi shundaki, Beshimov G‘ayrat Ro‘zinazarovich ayni paytda Cyber Universityda faoliyat yuritib, talabalar ta’lim-tarbiyasiga hissa qo‘shish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda zamonaviy ilm-fan rivojiga munosib ulush qo‘shib kelmoqda.
Ustozni ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
Ilm-fan yo‘lida izlanish olib borayotgan barcha ustoz va tadqiqotchilarga yangi yutuqlar, muvaffaqiyatlar hamda ulkan ilmiy kashfiyotlar tilaymiz.