

Xabaringiz bor, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 13-14 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari Cyber University davlat universitetida ham o‘tkazildi.

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan hashar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan alohida ahamiyatga ega. Shu bois, xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.
Shu munosabat bilan kecha va bugun ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.


Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilayotgan ushbu umumxalq tadbirida, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Ular universitet hududida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida universitet hududi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltiriladi.