Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

GLOBAL XAVFSIZLIK STRATEGIYASI: “CYBER UNIVERSITY” INNOVATSIYALARI XALQARO MINBARDA

p9TkmZLlkSDROs7v5RHVhXE_5ocQqfD6.

Bugungi jadal rivojlanayotgan raqamli transformatsiya hamda sun’iy intellektning tobora kuchayib borayotgan ta’siri sharoitida huquqni muhofaza qilish tizimlari nafaqat jismoniy muhit xavfsizligini, balki murakkablashib borayotgan kibermakon xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani ham samarali bajarib kelmoqda.

-hr-DVDz3TpAAgDVRupbwcg3lXZA6-Qu.jpg

Shu nuqtayi nazardan, 2026-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro konferensiya sohaning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim ilmiy-amaliy maydonga aylandi.

Mazkur xalqaro anjumanda “Cyber University” davlat universiteti prorektori Abidjanov Alisher Saxibovich ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasining kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ilg‘or innovatsion yechimlarini taqdim etdi. Tadbirda 10 dan ortiq davlatdan kelgan 40 nafarga yaqin xalqaro ekspertlar hamda diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Prorektor o‘z ma’ruzasida “Xalqaro hamkorlik asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasida kadrlar tayyorlashning integratsiyalashgan modeli” mavzusini atroflicha yoritib berdi. U bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida tubdan takomillashtirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, u yangi avlod mutaxassislari nafaqat jinoyatlarga tezkor javob qaytara olishi, balki sun’iy intellekt va ilg‘or tahliliy texnologiyalar yordamida huquqbuzarliklarni oldindan bilish salohiyatiga ham ega bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

cPDcrUDm4v9IwlZPISKiM-_bxKydFfuc.jpg

Tadbirda quyidagi professor-o‘qituvchilar va mutaxassis ham ishtirok etdi:
“Cyber University” davlat universitetidan Shimoliy Jorjiya universiteti professori, kiberxavfsizlik kafedrasi vakili Murthy Rallapalli, xalqaro aloqalar va reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Aglamov Tuygunjon hamda huquq va biznes fakulteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi vakili Maripova Sevarxonlar ishtirok etishdi.

Bugungi kunda “Cyber University” davlat universiteti nafaqat zamonaviy ta’lim muassasasi, balki O‘zbekistonning raqamli xavfsizlik tizimini mustahkamlashga xizmat qiluvchi strategik kadrlarni tayyorlaydigan innovatsion ta'lim dargohi sifatida o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.