Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi natijalari e’lon qilindi

photo_2026-04-01_19-42-35.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur tanlov yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, startap tashabbuslarini rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasida istiqbolli loyihalarni aniqlashga qaratildi.

photo_2026-04-16_10-26-57


Tanlov doirasida ishtirokchilar startap, innovatsion yechimlar, axborot texnologiyalari va raqamli loyihalar yo‘nalishlarida o‘z ishlanmalarini taqdim etdilar. Jarayon saralash hamda respublika final bosqichlarida tashkil etilib, har bir ishtirokchi o‘z loyihasini qisqa, ammo mazmunli taqdimot orqali himoya qildi. Loyihalar dolzarbligi, amaliy ahamiyati va innovatsion yondashuv mezonlari asosida baholandi.

photo_2026-04-16_10-27-05.j

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar:

🥇1-o‘rin — Xasanov Behruz “DataControlX” loyihasi

🥈2-o‘rin — Bekchanov Bahodir “Lingovo AI” loyihasi

🥉3-o‘rin — Obidov Ozodbek “Exploria” loyihasi

Mazkur natijalar talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni amaliyot bilan samarali uyg‘unlashtira olayotganini, shuningdek, ularning kreativ yondashuvi va tashabbuskorligini yaqqol namoyon etdi.


Cyber University of Uzbekistan