Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University va H3C Technologies Uzbekistan LLC hamkorligi: raqamli ta’limda yangi bosqich sari

photo_2025-12-09_11-27-31 (2)

Ayni damda Cyber University xalqaro texnologik gigant — H3C Technologies Uzbekistan LLC bilan strategik hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda. Ushbu muzokaralar universitetning raqamli ta’lim ekotizimini yanada kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga chuqur integratsiya qilish maqsadida olib borilmoqda.

photo_2025-12-09_11-27-27

Kutilayotgan hamkorlik doirasida Cyber Universityda Smart Campus, Digital Twin, IoT laboratoriyalari hamda raqamli monitoring markazini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur tashabbuslar ta’lim jarayonining xavfsizligini oshirish, boshqaruvni avtomatlashtirish va talabalarga zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitiladigan amaliy tajriba maydonlarini yaratishga xizmat qiladi.

photo_2025-12-09_11-27-28.

Cyber University ushbu hamkorlik orqali nafaqat o‘z infratuzilmasini modernizatsiya qilish, balki mamlakatda raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirishga ham munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan.