Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University va Coursera: Hamkorlik istiqbollari – talabalar uchun yangi imkoniyatlar

photo_2025-09-25_18-28-30

2025-yil 25-sentabr kuni “AKT Haftaligi” doirasida Coursera kompaniyasining EMEA mintaqasi bo‘yicha mijozlar bilan ishlash bo‘yicha katta menejeri Vera Ignatyeva Cyber University’ga tashrif buyurdi va universitet ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

photo_2025-09-25_18-28-28

Uchrashuvda Cyber University va dunyodagi yetakchi onlayn ta’lim platformasi Coursera o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amaliy jihatdan yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

photo_2025-09-25_18-28-29

Ma’lumot uchun:

Coursera dunyoning eng yirik onlayn ta’lim platformalaridan biri bo‘lib, 2024-yil yakuniga ko‘ra 168 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega. Platforma Stanford, Yale, Google, IBM kabi 350 dan ortiq yetakchi universitet va kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi va minglab kurslar, professional sertifikatlar va oliy ta’lim dasturlarini taklif etadi.

photo_2025-09-25_18-28-31

Uchrashuvdan so‘ng Vera Ignatyeva talabalar uchun "Sun’iy intellekt davrida ko'nikmalarga asoslangan kelajakni yaratish" mavzusida mehmon ma’ruzasi o‘tkazdi. Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va zamonaviy dunyoda raqamli kompetensiyalarning ahamiyati haqida yangi qarashlarni shakllantirdi.

photo_2025-09-25_18-28-33
photo_2025-09-25_18-28-34

Ushbu uchrashuv Cyber University va Coursera o‘rtasidagi hamkorlikning muhim qadami bo‘lib, talabalar uchun ilg‘or bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashda yangi imkoniyatlar ochdi.