Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University tashabbusi: Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari

photo_2025-12-23_18-28-19.

Yaqinda Toshkent shahri aholisi va mehmonlari o‘rtasida kiberxavfsizlik mavzusida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma Cyber University matbuot xizmatida faoliyat yuritayotgan volontyorlar ishtirokida tashkil etildi.

photo_2025-12-23_18-28-36

So‘rov davomida fuqarolarga:

➡️“Siz kiberxavfsizlik haqida nimalarni bilasiz?”

➡️“Biror marotaba kiberjinoyatlarga duch kelganmisiz?”

kabi savollar bilan murojaat qilindi.

photo_2025-12-23_18-28-33.j

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, so‘rovnomada qatnashganlarning aksariyati kiberjinoyatlarga duch kelgan: ayrimlarning nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilgan, boshqalarning bank kartalaridagi mablag‘lar talon-toroj qilingan. Shunga qaramay, jabrlanganlarning ko‘pchiligi ushbu jinoyat turlari, kiberfiribgarlar faoliyati va o‘zini himoya qilish usullari haqida yetarli ma’lumotga ega emas.

photo_2025-12-23_18-27-56.

Shu bois, oddiy kibergigiyena qoidalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish juda muhim ekanligini inobatga olgan holda bugun Cyber University talabalari tomonidan Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 2‑son texnikumda kiberxavfsizlikni targ‘ib qilish va aholining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.


photo_2025-12-23_18-28-04.j

Nega aynan yoshlarni tanladik?

Cyber University targ‘ibot tadbirlarida yoshlarni tanlash sababi shundaki, ular katta yoshli avlodga nisbatan zamonaviy gadjetlar va texnologiyalarni yaxshiroq tushunishadi. Shu bois, yoshlar o‘z oila a’zolariga — ota-onasi, buvi-buvalari, aka-opalariga — kiberxavfsizlik qoidalari haqida gapirib berish orqali ularning raqamli savodxonligini oshirishga yordam bera oladi.

Ushbu tashabbuslar orqali fuqarolarning kiberxavflarga nisbatan ogohligini oshirish va ularni himoyalanish choralariga o‘rgatish maqsad qilingan.


Cyber University of Uzbekistan