Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University talabalari xalqaro maydonda munosib ishtirok etmoqda

top3.jpg

2026-yil aprel holatiga ko‘ra, Cyber University davlat universiteti talabalari tomonidan tuzilgan CTF jamoasi xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Quvonarlisi shundaki, jamoa a’zolarining barchasi 1-bosqich talabalari hisoblanadi. Ta’limni endi boshlagan yoshlar uchun xalqaro darajada raqobat qilish oson emas. Shunga qaramay, ular qisqa vaqt ichida o‘z salohiyatini amalda isbotlay oldi.

Qisqa fursatda qo‘lga kiritilgan natijalar:

— UMassCTF 2026 — 97-o‘rin

— DawgCTF 2026 — 73-o‘rin

— b01lers CTF 2026 — 59-o‘rin

Joriy reyting (2026-yil aprel holatiga):

🔹 Jahonda — 306-o‘rin

🔹 O‘zbekistonda — 3-o‘rin

Bu natijalar shunchaki raqamlar emas. Bu — intilish, mehnat, tunlarni bilimga bag‘ishlash va katta orzular samarasi.

Cyber University talabalari bugun tajribali xalqaro jamoalar bilan tengma-teng bellashmoqda. Bu esa universitetda yo‘lga qo‘yilgan amaliyotga yo‘naltirilgan, zamonaviy ta’lim tizimi o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.

Albatta, ushbu yutuqlar ortida universitet CTF murabbiyi, professor-o‘qituvchilar bilim va tajribasi, shuningdek, talabalarning qat’iyati va mehnati mujassam.

Bu — faqat boshlanish.

Jamoaning oldidagi maqsadlar yanada yuqori:

— O‘zbekistonda yetakchilik

Jahonda TOP-100 (va undan yuqori)

Cyber University — bu yerda iqtidor kashf etiladi, imkoniyatlar yaratiladi va g‘alabalar qo‘lga kiritiladi.

Cyber University of Uzbekistan