
.jpg%3F2026-03-10T07%3A00%3A53.603Z&w=3840&q=100)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari tomonidan jazoni ijro etish muassasalariga tashriflar tashkil etilmoqda.

Mazkur farmon ijrosi doirasida Cyber University davlat universiteti talabalari va mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi 48-son Manzil koloniyasiga tashrif buyurishdi.
.jpg%3F2026-03-10T07%3A02%3A29.533Z&w=3840&q=100)
Tashrif davomida talabalarga jazoni ijro etish muassasalarining faoliyati, jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa giyohvandlik va narkojinoyatlarning jamiyat hamda inson hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashrif talabalarda huquqiy madaniyatni oshirish, jinoyatlarning og‘ir oqibatlarini anglash hamda kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida muhim ahamiyat kasb etdi.