Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University – Stanford bilan hamkorlik qilayotgan ilk O‘zbek universiteti!

stanford memorandum bayroqlik.jpg

Yangi tashkil topgan Cyber University davlat universiteti yana bir tarixiy yutuqqa erishdi – AQShning dunyodagi eng nufuzli oliygohi – Stanford University Muhandislik fakultetining Global va Onlayn ta’lim markazi Cyber University bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Bu nafaqat universitetimiz, balki Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ilk va tarixiy burilish: Cyber University – O‘zbekiston tarixida Stanford University bilan rasmiy hamkorlik o‘rnatgan birinchi universitet bo‘ldi!

Mazkur hamkorlik doirasida zamonaviy IT-ta’lim, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar, akademik almashinuvlar va innovatsion tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi.

Bu boshlanishi. Oldinda esa yanada katta maqsadlar!

Cyber University of Uzbekistan