Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University UC Berkeley’dan kiberxavfsizlik klinikalari konsortsiumiga a’zo bo‘lish taklifini oldi!

Yana bir yirik xalqaro hamkorlik! 2025-yil 5-may kuni Cyber University delegatsiyasi AQShdagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of California, Berkeley (UC Berkeley) bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida universitetimiz dunyo miqyosida tan olingan Cybersecurity Clinics Consortium (Kiberxavfsizlik Klinikalari Konsortsiumi) tarkibiga qo‘shilish taklifini oldi.
UC Berkeley haqida:
1868-yilda asos solingan UC Berkeley, THE World University Rankings reytingida dunyoda 8-o‘rinda, AQSh davlat universitetlari orasida esa 1-o‘rinda turadi. Hozirda bu yirik oliygohda 45 000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Shunday katta universitet bilan hamkorlik qilish — nafaqat katta sharaf, balki yangi imkoniyatlarning eshigini ochish demakdir.
photo_1_2025-05-06_09-47-57.jpg
photo_4_2025-05-06_09-47-57.jpg
Cybersecurity Clinics — bu nima?
Kiberxavfsizlik klinikalari — bu tashabbus kiberxavfsizlik sohasida nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham taqdim etuvchi platformadir. Talabalar turli tashkilotlar bilan xavfsizlik auditlari o‘tkazib, aholiga raqamli xavfsizlik bo‘yicha maslahatlar berishadi. Ushbu klinikalarda talabalar haqiqiy muammolarni hal qilish orqali o‘z malakalarini oshiradilar.
Cyber University hozirda Konsortsium faoliyatiga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Yaqin orada to‘liq a’zo bo‘lish bo‘yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda. Bu esa universitetimiz talabalariga bir qator ulkan imkoniyatlar yaratadi:
• Kiberxavfsizlik klinikalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyati
• Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish
• Raqamli xavfsizlik sohasida bepul amaliyot
• Rezyumeni boyituvchi tajribalar
• Jamiyatga foyda keltiruvchi ijtimoiy tashabbuslarda ishtirok
photo_2_2025-05-06_12-29-22.jpg
photo_3_2025-05-06_12-29-22.jpg
Uchrashuv davomida qanday ma’lumotlar berildi?
Uchrashuv davomida UC Berkeley vakillari bizga CLTC — Center for Long-Term Cybersecurity faoliyati haqida ham batafsil ma’lumot berishdi. Ular “Cyber University” ning yangi, innovatsion ta’lim konsepsiyasini yuqori baholadilar va hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirishdi.
Kelajakdagi imkoniyatlar:
UC Berkeleydan olingan tajriba, o‘z navbatida, biz uchun muhim ahamiyatga ega. U yerda magistratura dasturlarida 10-15 yillik tajribaga ega talabalar tahsil olishadi va kiberxavfsizlik sohasida jamoatchilikka sodda tilda tushuntirish ishlarini olib borishadi. Bu tajriba, shuningdek, talabalar tomonidan o‘z bizneslarini ochish va amaliyotni birgalikda olib borishning yo‘lga qo‘yilishi kabi muvaffaqiyatli ishlarni ham o‘rganish imkonini berdi. Kiberxavfsizlik, aslida, nafaqat soha, balki xizmat ko‘rsatish turiga ham aylanayotganini inobatga olgan holda, sertifikatsiyalash tizimi ham rivojlanmoqda.
Cyber University esa o‘z navbatida, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or ta’lim tajribalarini joriy etish va uchrashuv o’tkazilgan universitetda o’zbek millatiga mansub professor Shakhzod Takhirov bilan ham suhbatlashdi. Kelajakda ular bilan hamkorlikda ishlash tajriba almashinish orqali talabalarimiz yanada xalqaro bilimga ega, tajribali ustozlardan bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Yangi imkoniyatlar va global hamkorlik:
Ushbu hamkorlik — bizning mintaqada kiberxavfsizlik bo‘yicha ilg‘or markazga aylanishimiz sari muhim bosqich bo‘ladi. Bu, albatta, Cyber University talabalariga global imkoniyatlar yaratish va kiberxavfsizlik sohasida kuchli bilim olish yo‘lidagi dadil qadamlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
photo_1_2025-05-06_12-29-21.jpg
p1 (3)-1.jpg
Shunday qilib, Cyber University nafaqat o‘zining akademik yuksalishini ta’minlaydi, balki xalqaro platformalarda o‘z o‘rnini topishda yanada muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Cyber University of Uzbekistan