2025-yilning dastlabki yarmida O‘zbekiston jamiyati raqamli tahdidlar va kiberxavflarga qarshi kurashish bo‘yicha jiddiy sinovlarga duch keldi. Ichki ishlar vazirligining (IIV) maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakat bo‘ylab sodir etilgan kiberjinoyatlar soni 58 800 tani tashkil etdi. Bu raqam 2019-yildagi 863 ta kiberjinoyat bilan solishtirilganda 68 baravar oshganini ko‘rsatadi.
2023-yilda kiberjinoyatlar umumiy jinoyatlarning 6,2% ini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 44,4% ga yetdi. Har ikkinchi jinoyat deyarli axborot texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda. Kiberjinoyatlarning 98% i bank kartalari bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha kiber o‘g‘rilik va onlayn firibgarlik shaklida namoyon bo‘lmoqda.
Kiberjinoyatlarning keng tarqalgan usullari:
60% — zararli havolalar va dasturlar orqali bank kartasi yoki mobil qurilmani egallash;
16% — SMS-kodlarni qo‘lga kiritib, bank kartalari yoki ilova hisoblarini boshqarish;
4% — fuqarolar nomidan onlayn kreditlar rasmiylashtirish;
11% — onlayn savdo maydonlarida foydalanuvchilarni aldash;
9% — turli firibgarlik sxemalari orqali aholining mablag‘ini jalb qilish.
Kiberjinoyatlarga oid murojaatlar soni ham 34 baravar oshgan. 2024-yilda kiberhujumlar oqibatida ko‘rilgan umumiy moliyaviy zarar 1 trillion 909 milliard so‘m ni tashkil etdi. Faqat Toshkent shahrining o‘zida 381 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘qotilgan. Eng achinarlisi, ushbu mablag‘larning atigi 4% i qaytarilgan, qolgan 96% esa jinoyatchilar iziga tushib bo‘lmaydigan manzillarga “uchib ketgan”.
Cyber University – Yangi davr, yangi yondashuv
Aynan shunday murakkab raqamli tahdidlar fonida, 2025-yilda O‘zbekistonda ilk bor davlatga qarashli, kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasasi – Cyber University o‘z faoliyatini boshladi. Bu tashabbus nafaqat mavjud muammolarga amaliy yechim, balki mamlakat taʼlim tizimining innovatsion rivojlanishida muhim bosqich sanaladi.
Faqat nazariya emas – amaliyot markazida
Cyber University o‘z faoliyatini faqat nazariy bilimlar bilan cheklamaydi. Bu yerda zamonaviy laboratoriyalar, xalqaro standartlarga mos amaliy mashg‘ulotlar va real kiberxavf holatlari ustida ishlash imkoniyati yaratilgan. Bu yondashuv boshqa oliy taʼlim muassasalari uchun ham ilhom manbai bo‘lishi mumkin.
Kadrlar tayyorlashda tizimli yondashuv
Bugungi kunda kiberxavfsizlik sohasi texnologik emas, balki ijtimoiy muammo sifatida ham dolzarb hisoblanadi. Cyber University bu ehtiyojni chuqur anglagan holda, xalqaro hamkorliklar, malakali ustozlar va amaliyotga asoslangan dars jarayonlari orqali O‘zbekistonning raqamli xavfsizligiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Raqobatbardosh mutaxassis – barqaror kelajak
Cyber Universityda taʼlim olayotgan talabalar nafaqat milliy darajadagi, balki xalqaro IT-kompaniyalar va tashkilotlar uchun ham raqobatbardosh kadrlarga aylanmoqda. Universitet bitiruvchisi — bu zamonaviy kasb egasi, raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topa oladigan, yangilikka tayyor va moslashuvchan mutaxassisdir.
Bu shunchaki taʼlim emas – bu Vatan himoyasidir!
Cyber University — bu oliy taʼlimdagi tub yangilik. Bu — bilimga asoslangan xavfsizlik. Bu — kelajakni bugundan boshlab barpo etishdir. Raqamli xavfsizlik har bir fuqaro, ayniqsa yosh avlod qo‘lida. Bugun taʼlim olayotgan yosh — ertaga millatning raqamli qalqoni bo‘lishi mumkin.
Cyber University — sizni 2025-yildan boshlab kelajak himoyachisi bo‘lishga chorlaydi!