Universitetda talabalar ishtirokida rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tabrik so‘zi bilan chiqib, kiberxavfsizlikning milliy va global miqyosdagi strategik ahamiyatini ta’kidladi.
Universitet rektori Shuxrat Kayumov ham talabalarga yangi o‘quv yili munosabati bilan samimiy tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, "Moslashuv haftaligi" doirasida kiberxavfsizlik va iqtisodiyot-menejment yo‘nalishlarida katta tajribaga ega mutaxassis-spikerlar tomonidan talabalarga mahorat darslari tashkil etildi.
Ahamiyatli jihati shundaki, Cyber University 2025–2026 o‘quv yilida ajratilgan 1 200 dan ortiq kvotalarning barchasini to‘liq shakllantirib, ilk talabalar safini to‘ldirdi.
Shuningdek, ilk yilning o‘zidayoq universitetga 16 mingdan ortiq abituriyent aynan bizni tanaldi. Tanlovda bitta o‘ringa 9 nafar abituriyent to‘g‘ri kelib, eng iqtidorli yoshlar Cyber University talabalari bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lishdi.