Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University va Beijing Institute of Technology strategik hamkorlik sari qadam qo‘ymoqda

klo1.jpg
“Cyber University” delegatsiyasi Xitoyga tashrifi doirasida Beijing Institute of Technology (BIT) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun: BIT — Shanghai Ranking reytingiga ko‘ra, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va kriptografiya yo‘nalishlarida dunyoning eng ilg‘or 20 oliy ta’lim muassasasi qatoriga kiradi.
Tashrif davomida quyidagi yo‘nalishlar o‘rganildi:
  • Institutda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar;
  • Institut qoshida tashkil qilingan School of cyberspace science and technology ilmiy-innovatsion faoliyati;
  • O‘quv dasturlari, amaliyotlar va kadrlar tayyorlash jarayonlari;
  • Talaba va professorlar tomonidan yaratilgan yangi texnologiyalar ko‘rgazmasi, xususan, zamonaviy kiberhujumlarga qarshi kurashishga qaratilgan texnologik yechimlar alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi:
  • “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida qo‘shma ilmiy laboratoriya tashkil etish;
  • “Ikki diplom” qo‘shma o‘quv dasturini joriy etish;
  • Professor-o‘qituvchilar uchun qisqa, o‘rta va uzoq muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish;
  • Kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash va sertifikatsiya tizimini joriy etish.
klo3.jpg
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida uzoq muddatli, strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘ldi.