Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber University davlat universiteti — Xitoyning yetakchi Zhejiang University bilan hamkorlikni boshladi!

pol1.jpg
Zhejiang University, Xanchjou, Xitoy.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida — Cyber University delegasiyasi Xitoyning dunyodagi eng nufuzli oliygohlaridan biri Cybersecurity sohasida, AI, Computer Engineering, Machine Learning yo’nalishlarida — TOP 50 talikka kiruvchi Zhejiang University (ZJU) ga rasmiy tashrifni amalga oshirishdi.
pol2.jpg
Uchrashuv davomida ikki universitet rahbariyati qo’shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish (2+2, 3+1 modellari), Talabalar va professor-o’qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini joriy etish, Zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalar tashkil etish borasida amaliy muzokaralar olib borishdi.
Zhejiang universiteti rahbariyati O’zbekistonda ta’limga ayniqsa raqamli texnologiyalar sohasiga qaratilayotgan e’tiborni yuqori baholab, keng qamrovli, uzoq muddatli hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
pol3.jpg
pol4.jpg
Cyber University rektori universitetlar o’rtasida ilmiy salohiyatni oshirish, qo’shma loyihalarni amalga oshirishga ishonch bildirib, Zhejiang University vakillarini O’zbekistonga rasmiy taklif qildi.
Bu tashrif va kelishuv — kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlikka yo’l ochuvchi muhim qadamlardan biridir.
Cyber University of Uzbekistan