
.jpg%3F2025-12-23T10%3A11%3A36.686Z&w=3840&q=100)
Cyber Universityning ishchi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasidagi xizmat safari doirasida qadimiy Sian shahrida joylashgan Xidian Universityga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif universitetlar o‘rtasida shakllangan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish joizki, Cyber Universityning xalqaro hamkorlik faoliyati aynan Xidian University bilan boshlangan edi.
Bugungi tashrif doirasida esa, ta’lim va ilmiy sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, zamonaviy ta’limni tashkil etish, raqamlashtirish va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishish ko‘zda tutilmoqda.
.jpg%3F2025-12-23T10%3A16%3A42.885Z&w=3840&q=100)
Ushbu uchrashuvda tomonlar o‘zaro muloqotni izchil davom ettirish, hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish hamda kelgusidagi ishlar yuzasidan ishchi aloqalarni mustahkamlashga e’tibor qaratmoqdalar.
Belgilangan tashrif doirasida Cyber University delegatsiyasi Xidian Universityning o‘quv kampuslari va infratuzilmalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.