

Kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalaringizni amalda sinab ko‘rish imkoniyatini boy bermang!
"CUTS CTF 2026" musobaqasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochiq deb e’lon qilindi. Mazkur bellashuv yosh mutaxassislarni kiberolamdagi real tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyatini aniqlash va munosib rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
🔹 Ishtirok etish shartlari:
Maqom: Musobaqada faqat oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Jamoaviy tarkib: Ishtirokchilar 3 nafardan 4 nafargacha a’zodan iborat jamoa shaklida qatnashadilar.
Identifikatsiya: Ro‘yxatdan o‘tishda ism-shariflar pasport yoki ID-karta ma’lumotlariga qat’iy muvofiq ravishda ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatlar: Final bosqichi ishtirokchilari o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta) hamda talabalik guvohnomasini olib kelishlari shart.
Muhim cheklov:
"Cyberkent 3.0" musobaqasining Blue Team va Red Team yo‘nalishlari bo‘yicha "TOP-10" talqiniga kirgan ishtirokchilarning ushbu turnirda qatnashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Musobaqa bosqichlari va vaqti:
Saralash bosqichi (Onlayn): 2026-yil 18-aprel, soat 10:00 dan 22:00 gacha.
Final bosqichi (Offlayn): 2026-yil 30-aprel, soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Mukofot jamg‘armasi:
G‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin: 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m;
2-o‘rin: 15 000 000 (o‘n besh million) so‘m;
3-o‘rin: 10 000 000 (o‘n million) so‘m.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Saralashdan faqat TOP 10 ta jamoa finalga o'tadi. Saralash bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati yakunlanishi haqidagi aniq sana qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Eslatma: Musobaqa topshiriqlari real aralash topshiriqlar ishtirokchilardan yuksak tahliliy tafakkur va professional amaliy ko‘nikmalar talab etiladi.
Ro'yxatdan o'tish
O‘z jamoangizni tuzing va "CUTS CTF 2026"da g‘oliblik uchun kurashing!