
O‘zbekiston Respublikasining Biznesni rivojlantirish banki (BRB) vakillari universitetimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularni moliyaviy imkoniyatlar bilan tanishtirish va o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni taqdim etishdan iborat bo'ldi.
Bank mutaxassislari talabalar bilan maxsus uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘z biznesini boshlashni rejalashtirayotgan yoshlar uchun BRB tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli kreditlar, grantlar va ta’lim kreditlari olish tartibi haqida keng qamrovli ma’lumot berildi. Shuningdek, bank xizmatlari, kredit olish shartlari va tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlar bo‘yicha talabalarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.
Tadbir yakunida talabalar bankning moliyaviy xizmatlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldi. Ushbu uchrashuv yoshlarni o‘z biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ilhomlantirish va ularning iqtisodiy faolligini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.