Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Rectorate

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 5 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitetning ilmiy faoliyati va innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va natijadorlikni oshirish
  • Mahalliy va xalqaro ilmiy markazlar, tashkilotlar bilan hamkorlikda grant va innovatsion loyihalarni amalga oshirish
  • Ilmiy maqolalar, patentlar va boshqa ilmiy natijalarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan tizimli ishlarni tashkil etish
  • Universitetning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan kadrlar siyosatini yuritish
  • Ilmiy faoliyat va innovatsiyalar bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga muntazam hisobotlar tayyorlash va taqdim etish
  • Ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va innovatsion ekotizimni rivojlantirish
Talablar
  • Ilmiy tadqiqotlarni strategik rejalashtirish, grantlar va innovatsion loyihalarni boshqarish ko‘nikmasi
  • Ilmiy faoliyatni rivojlantirish va ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha tajriba
  • Mahalliy va xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish malakasi
  • Raqamli texnologiyalar, ilmiy ma’lumotlar bazalari va zamonaviy tadqiqot uslublaridan samarali foydalanish qobiliyati
  • Ilmiy hisobotlar, tahliliy materiallar va rasmiy hujjatlarni tayyorlash ko‘nikmasi
  • Oliy ta’lim muassasalari uchun innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish tajribasi
Shartlar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (texnika, axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, ta’lim, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Ilmiy darajaga ega bo‘lish (fan nomzodi yoki fan doktori darajasi) majburiy
  • Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot sohasida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 5 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi
  • Ilmiy faoliyat, grantlar va innovatsion loyihalarni boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish
  • Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish (C1 darajasi afzal), boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi