Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

O'quv ishlari bo'yicha prorektor

Rektorat

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 5 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitetning o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish va uning sifatini oshirish
  • O‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash
  • Professor-o‘qituvchilar tarkibining pedagogik mahoratini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
  • Talabalarning ta’lim jarayonidagi yutuqlari va muammolarini muntazam tahlil qilish hamda tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish
  • O‘quv jarayonida xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni joriy etish
  • O‘quv faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va universitet rahbariyatiga taqdim etish
Talablar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (pedagogika, ta’lim boshqaruvi yoki shu soha bo‘yicha)
  • Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lish (fan nomzodi, fan doktori yoki PhD) afzal hisoblanadi
  • Ta’lim sohasidagi davlat siyosati, qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro standartlarni bilish
  • Mehnat intizomi, yetakchilik qobiliyati va strategik fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish
Shartlar
  • O‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va monitoring qilish bo‘yicha chuqur bilim
  • Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, kredit-modul tizimi va raqamli ta’lim platformalari bilan ishlash tajribasi
  • O‘qituvchilar va talabalarning ilmiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkiliy ko‘nikmalar
  • Ichki va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish qobiliyati
  • Qaror qabul qilishda mas’uliyatlilik va samaradorlik
Cyber University of Uzbekistan