Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Rektor maslahatchisi

Rektorat

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 5 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Rektorga universitet faoliyati bo‘yicha strategik va operativ masalalarda maslahat berish
  • Rektor topshirig‘iga muvofiq ichki va tashqi uchrashuvlarda universitet manfaatlarini himoya qilish
  • Universitet faoliyatiga oid hujjatlar va ma’lumotlarni tahlil qilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
  • Rektor tomonidan belgilangan loyihalar, dasturlar va tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish
  • Universitetning ilmiy, o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlari bo‘yicha takomillashtirish choralarini ishlab chiqish
  • Maxfiy va xizmat ma’lumotlarini saqlash bo‘yicha qat’iy talablarni bajarish
Talablar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (tegishli sohada — ta’lim, boshqaruv, huquq, iqtisod yoki boshqa mos yo‘nalish)
  • Davlat boshqaruvi, oliy ta’lim tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar va strategik rejalashtirish bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish
  • Yuksak tashkilotchilik, muloqot va muzokara olib borish qobiliyati
  • Halollik, mas’uliyat va maxfiylik talablariga qat’iy rioya qilish
Shartlar
  • Universitet strategik rivojlanish rejalari va loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish ko‘nikmasi
  • Analitik fikrlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va asosli tavsiyalar berish qobiliyati
  • Oliy ta’lim sohasidagi ichki va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba
  • Hujjatlar bilan ishlash, rasmiy yozishmalar yuritish va hisobot tayyorlash bo‘yicha malaka
  • Stressli vaziyatlarda tez va samarali qaror qabul qila olish