O‘rta maxsus yoki kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lish (santexnika, mexanika yoki texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida).
Sog‘lig‘i bo‘yicha slesar-santexnik vazifalarini bajarishga yaroqli bo‘lish.
Kasbiy yo‘nalishda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish afzal.
Mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilish.
Talablar
Santexnika tizimlari (suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish tizimlari va boshqalar)ni o‘rnatish, ta’mirlash va profilaktik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim.
Asbob-uskunalar va maxsus moslamalar bilan ishlash ko‘nikmasi.
Yuzaga kelgan nosozliklarni tezda aniqlash va bartaraf etish malakasi.
Mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi talablarini bilish.
Shartlar
Universitet hududida suv ta’minoti, kanalizatsiya va isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
Santexnika tizimlaridagi nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish.
Profilaktik tekshiruv va xizmat ko‘rsatish ishlarini olib borish.
Yangi santexnika qurilmalarini o‘rnatish va sozlash.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ish olib borish.