Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Matematika fani professor-oʻqituvchisi

Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Ta'lim tizimida kamida 2 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Matematika fanini nazariy va amaliy yoʻnalishlarda (oliy matematika, algebra, analiz, ehtimollar nazariyasi, statistika va boshqalar) oʻqitish
  • Zamonaviy va xalqaro standartlarga mos oʻquv dasturlari asosida darslar oʻtish
  • Innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida talabalar mantiqiy va analitik fikrlashini rivojlantirish
  • Universitetda matematika taʻlimi sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish
Talablar
  • Matematika yoki unga turdosh yoʻnalish boʻyicha yuqori malaka (magistr/PhD darajasi afzal)
  • Kamida 2 yillik pedagogik tajriba (oliy taʻlim muassasalarida ishlaganlar afzal)
  • Nazariy bilimlar va amaliy masalalarni yechish boʻyicha yuqori darajadagi salohiyat
  • Ilmiy maqolalar, konferensiyalarda ishtirok etganlik yoki grant loyihalarida qatnashganlik afzal
  • Zamonaviy oʻqitish texnologiyalari (LMS, onlayn platformalar, matematik dasturlar) bilan ishlash qobiliyati
  • STEM yoʻnalishida fanlararo integratsiyani amalga oshira olish qobiliyati
Shartlar
  • Raqobatbardosh maosh + ish natijalariga koʻra bonuslar
  • Xalqaro hamkorlar bilan ilmiy va taʻlim loyihalarida ishtirok etish imkoniyati
  • Kasbiy rivojlanish uchun grantlar va treninglar
  • Ishonchli va innovatsion ish muhiti