Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

IT departamenti yetakchi mutaxassisi

IT departament

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitet IT tizimlarining uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash
  • Tarmoq infratuzilmasini nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish
  • Axborot xavfsizligi choralarini amalga oshirish va xavfsizlik monitoringini yuritish
  • Foydalanuvchilarga texnik yordam ko‘rsatish va ularning murojaatlarini tezkor hal etish
  • IT loyihalarida ishtirok etish, yangi texnologik yechimlarni joriy etishda ko‘maklashish
  • Texnik hujjatlar va hisobotlarni tayyorlash
Talablar
  • Axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari yoki shu kabi tegishli sohalarda oliy ma’lumotga ega bo‘lish
  • IT sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shu jumladan mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan bo‘lish
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq infratuzilmasi, server tizimlari, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar bazalari va dasturiy ta’minot bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish
  • Mehnat intizomi, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyati
  • O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish afzal hisoblanadi
Shartlar
  • Kompyuter tizimlari, lokal va global tarmoqlarni boshqarish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajriba
  • Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha zamonaviy yechimlarni qo‘llash qobiliyati
  • Server operatsion tizimlari (Windows Server, Linux) bilan ishlash tajribasi
  • Dasturiy va texnik nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘ra olish
  • Yangi texnologiyalarni o‘rganish va joriy etish qobiliyati