Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Kiberxavfsizlik va Axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha professor-oʻqituvchi

Kiberxavfsizlik kafedrasi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Ta'lim tizimida kamida 2 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalari fanlarini nazariy va amaliy yoʻnalishlarda (tarmoq xavfsizligi, kriptografiya, axborot himoyasi, dasturlash, maʻlumotlar bazasi, sunʻiy intellekt asoslari va boshqalar) oʻqitish
  • Zamonaviy va xalqaro standartlarga mos oʻquv dasturlari asosida darslar oʻtish
  • Innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida talabalar mantiqiy, analitik va texnik fikrlashini rivojlantirish
  • Universitetda kiberxavfsizlik va IT taʻlimi sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish
Talablar
  • Kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi yoki turdosh yoʻnalish boʻyicha yuqori malaka (magistr/PhD darajasi afzal)
  • Kamida 2 yillik pedagogik tajriba (oliy taʻlim muassasalarida ishlaganlar afzal)
  • Nazariy bilimlar va amaliy loyihalar bilan ishlash boʻyicha yuqori darajadagi salohiyat
  • Ilmiy maqolalar, konferensiyalarda ishtirok etganlik yoki grant loyihalarida qatnashganlik afzal
  • Zamonaviy oʻqitish texnologiyalari (LMS, onlayn platformalar, virtual laboratoriyalar, dasturlash muhitlari) bilan ishlash qobiliyati
  • STEM yoʻnalishida fanlararo integratsiyani amalga oshira olish qobiliyati
Shartlar
  • Raqobatbardosh maosh + ish natijalariga koʻra bonuslar
  • Xalqaro hamkorlar bilan ilmiy va taʻlim loyihalarida ishtirok etish imkoniyati
  • Kasbiy rivojlanish uchun grantlar va treninglar
  • Ishonchli va innovatsion ish muhiti