Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimi bosh mutaxassisi

Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki siyosat va “Komplaens nazorati” tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish
  • Korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni doimiy ravishda tahlil qilish va ularni oldini olish choralarini ishlab chiqish
  • Ichki tekshiruvlar va xizmat surishtiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminarlar, tushuntirish ishlari va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish
  • Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda ishlash
  • Rahbariyatga muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hisobotlar taqdim etish
Talablar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (huquq, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot yoki tegishli sohalar bo‘yicha)
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens nazorati, audit yoki yuridik sohada kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish
  • O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlari, normativ-huquqiy hujjatlari hamda xalqaro standartlarni chuqur bilish
  • Yuksak axloqiy fazilatlar, halollik, mustaqil qaror qabul qilish va mas’uliyatlilik
  • Rasmiy hujjatlar bilan ishlash va maxfiy ma’lumotlarni saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilish
Shartlar
  • Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tizimli yondashuvni qo‘llash ko‘nikmasi
  • Komplaens tizimlarini joriy etish, monitoring qilish va samaradorligini baholash tajribasi
  • Ichki tekshiruvlar, xizmat surishtiruvlari va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha malaka
  • Hujjatlar va ma’lumotlarni tahlil qilish, rasmiy xulosalar hamda tavsiyalar tayyorlash qobiliyati
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish