Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

IT departamenti bosh mutaxassisi

IT departament

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitetning barcha IT tizimlari va infratuzilmasining samarali va xavfsiz ishlashini ta’minlash
  • Tarmoq, server va dasturiy ta’minot bo‘yicha strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish
  • Axborot xavfsizligi choralarini belgilash, monitoring qilish va auditini yuritish
  • IT xodimlari ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
  • Foydalanuvchilarga yuqori sifatli texnik yordam ko‘rsatishni ta’minlash
  • Yangi texnologiyalarni joriy etish va mavjud tizimlarni optimallashtirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish
  • IT bo‘yicha ichki hujjatlarni ishlab chiqish va yangilash
Talablar
  • Axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari yoki shu kabi tegishli sohalarda oliy ma’lumotga ega bo‘lish
  • IT sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 2 yili yetakchi yoki mas’ul lavozimda ishlagan bo‘lishi afzal
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq infratuzilmasi, server tizimlari, ma’lumotlar bazalari, bulutli texnologiyalar va kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish
  • Mehnat intizomi, mas’uliyatlilik va jamoani boshqarish qobiliyati
  • O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish afzal hisoblanadi
Shartlar
  • Katta hajmdagi IT loyihalarni boshqarish, rejalashtirish va nazorat qilish bo‘yicha tajriba
  • Kompyuter tizimlari, lokal va global tarmoqlarni loyihalash, o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori malaka
  • Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriy etish ko‘nikmasi
  • Server operatsion tizimlari (Windows Server, Linux) va virtualizatsiya texnologiyalari bilan ishlash tajribasi
  • IT infratuzilmasini modernizatsiya qilish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar berish
  • Xodimlar o‘rtasida texnik bilim va malaka oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish