Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber Academy bosh mutaxassisi

Cyber Academy

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Cyber Academy doirasida o‘quv dasturlari va kurslarni ishlab chiqish, takomillashtirish va joriy etishda ishtirok etish
  • Kiberxavfsizlik va IT bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar va treninglarni tashkil etish
  • O‘quv jarayonining sifatini ta’minlash va monitoringini olib borish
  • Akademiya rahbariyatiga loyiha, grant va ta’lim faoliyati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
  • Mahalliy va xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish va ularni amalga oshirishda ko‘maklashish
Talablar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, dasturlash, ta’lim menejmenti yoki tegishli sohalar bo‘yicha)
  • Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish
  • Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish (C1 darajasi afzal), boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi
  • Sog‘lig‘i bo‘yicha xizmat safarlari va ta’lim jarayonida ishtirok etishga yaroqli bo‘lish
Shartlar
  • Kiberxavfsizlik, dasturlash va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish
  • Ta’lim dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallar va trening modullarini ishlab chiqish malakasi
  • O‘quv jarayonida raqamli platformalar va masofaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish qobiliyati
  • Mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba
  • Texnik hujjatlar, hisobotlar va loyiha materiallarini tayyorlash ko‘nikmasi
Cyber University of Uzbekistan