Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i

O'quv-uslubiy boshqarma

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitetning o‘quv-uslubiy ishlarini umumiy boshqarish va muvofiqlashtirish
  • O‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va joriy etishni tashkil etish
  • Ta’lim jarayonining sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish
  • O‘quv jarayonini davlat ta’lim standartlari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish
  • O‘qituvchilar va kafedralarga metodik yordam ko‘rsatish
  • O‘quv-uslubiy hujjatlarning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish
  • O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish va ularning samaradorligini tahlil qilish
Talablar
  • Oliy pedagogik yoki tegishli sohada oliy ma’lumotga ega bo‘lish (magistr darajasi afzal)
  • Ta’lim tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 2 yili rahbarlik yoki yetakchi lavozimda ishlagan bo‘lish
  • O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari, davlat ta’lim standartlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish
  • O‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va monitoring qilish bo‘yicha tajriba
  • O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish afzal
Shartlar
  • O‘quv rejalari, fan dasturlari va metodik materiallarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha malaka
  • Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash qobiliyati
  • Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba
  • Raqamli ta’lim texnologiyalari va masofaviy o‘qitish platformalaridan foydalanish ko‘nikmasi
  • Jamoani boshqarish, ish jarayonini samarali tashkil etish va nazorat qilish malakasi