Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, tarix, siyosatshunoslik yoki boshqa ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda).
  • Fan doktori (DSc/PhD) yoki ilmiy darajaga ega bo‘lish; ilmiy unvon (dotsent/professor) mavjudligi afzal hisoblanadi.
  • Kamida 5 yillik pedagogik ish tajribasi va 3 yillik rahbarlik lavozimidagi tajribaga ega bo‘lish.
  • Davlat tilini mukammal bilish, ingliz tilini kamida B2 darajada bilish (rus tilini bilish afzal).
  • Xalqaro va milliy ilmiy tadqiqot hamda loyihalarda ishtirok etgan bo‘lish.
Talablar
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha chuqur nazariy bilimga ega bo‘lish.
  • O‘quv dasturlari, fanlar va metodikalarni ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha tajriba.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, grant va loyihalarni boshqarish ko‘nikmalari.
  • Professor-o‘qituvchilar jamoasini boshqarish va ularning malakasini oshirish qobiliyati.
  • O‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni qo‘llash tajribasi.
Shartlar
  • Kafedra faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish.
  • O‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, yangilash va joriy etish.
  • Talabalar bilimini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar sifatini ta’minlash.
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy maqolalar va tadqiqotlar chop etilishini rag‘batlantirish.
  • Mahalliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish.
  • Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy daraja va unvonlarini oshirishga ko‘maklashish.
Cyber University of Uzbekistan