Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Ta'lim jarayonini tashkil etish bo'limi boshlig'i

Ta'lim jarayonini tashkil etish bo'limi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yagona tizimni yo‘lga qo‘yish
  • O‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini ta’minlas
  • Ta’lim jarayonining sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish
  • O‘qituvchilar tarkibi va yuklamalarini rejalashtirish hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish
  • Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularning samaradorligini monitoring qilish
  • Talabalar kontingenti, o‘quv yuklamalari, fanlar va akademik taqvim bo‘yicha tizimli hisob yuritish
  • Universitet rahbariyatiga ta’lim jarayoni bo‘yicha muntazam ravishda tahliliy ma’lumotlar va hisobotlar taqdim etish
  • Davlat ta’lim standartlari va ichki me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash hamda nazorat qilish
Talablar
  • Ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha tajriba
  • O‘quv rejalari, fan dasturlari va o‘quv jarayonini raqamlashtirish mexanizmlarini chuqur tushunish
  • Ta’lim sifatini monitoring qilish, baholash va takomillashtirish tizimlarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikma
  • O‘qituvchilar, talabalar va bo‘linmalar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
  • O‘quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim platformalarini joriy etish tajribasi
  • Hujjatlarni yuritish, tahliliy hisobotlar tayyorlash va taqdimotlar qilish malakasi
Shartlar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (pedagogika, ta’lim menejmenti, axborot texnologiyalari yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Oliy ta’lim tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 3 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi
  • Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qilish bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish
  • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat ta’lim standartlari va ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmlarini yaxshi bilish
  • Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish (C1 darajasi afzal), boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi
  • Kompyuter savodxonligi yuqori bo‘lishi, zamonaviy ta’lim platformalari va boshqaruv tizimlarida ishlay olish