Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri

Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Kafedra faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish.
  • O‘quv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish va takomillashtirish.
  • Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibining ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish.
  • Matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishida ilg‘or ilmiy yutuqlarni o‘quv jarayoniga joriy etish.
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va xalqaro loyihalarda ishtirok etishni kengaytirish.
  • Talabalar bilimini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha ta’lim dasturlari va fan olimpiadalarini tashkil etish.
  • Kafedra faoliyati bo‘yicha universitet rahbariyatiga muntazam hisobotlar taqdim etish.
Talablar
  • Kafedraning strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqish va samarali amalga oshirish qobiliyati.
  • Ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv-uslubiy ishlarni boshqarish va sifat monitoringini olib borish ko‘nikmasi.
  • Matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha tajriba.
  • Mahalliy va xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va loyihalarda ishtirok etish qobiliyati.
  • O‘qituvchilar va talabalar salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Grantlar, ilmiy loyihalar va tashabbuslarni boshqarish bo‘yicha tajriba.
Shartlar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (matematika, fizika yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha).
  • Ilmiy darajaga ega bo‘lish (fan nomzodi yoki fan doktori darajasi afzal).
  • Oliy ta’lim tizimida kamida 5 yillik pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 3 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi.
  • Matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishida zamonaviy ta’lim metodlari, ilmiy yondashuvlar va xalqaro standartlarni chuqur bilish.
  • Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish (C1 darajasi afzal), boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi.
  • Kompyuter savodxonligi yuqori darajada bo‘lishi va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni bilish.