Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Magistratura, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar bo'limi boshlig'i

Magistratura, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar bo'limi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Magistratura bosqichida o‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash
  • Universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
  • Ilmiy laboratoriyalar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish
  • Mahalliy va xalqaro ilmiy grantlar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etish va ularni boshqarish
  • Talabalar va ilmiy xodimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy natijalarni tijoratlashtirish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish
  • Ilmiy kengash va boshqa ilmiy organlar faoliyatida ishtirok etish, zarur hisobotlarni tayyorlash
  • Universitet rahbariyatiga magistratura, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha muntazam ravishda tahliliy ma’lumotlar va hisobotlar taqdim etish
Talablar
  • Magistratura bosqichi ta’lim jarayonini samarali rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish tajribasiga ega bo‘lish
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish, grantlar va innovatsion loyihalarni boshqarish ko‘nikmasi
  • Mahalliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarda ishtirok etish tajribasi
  • Talabalar va ilmiy izlanuvchilar salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
  • Ilmiy hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar va loyihaviy hujjatlarni tayyorlash malakasi
  • Patentlash, ilmiy maqolalar nashr etish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish jarayonlari bo‘yicha bilim
  • Oliy ta’lim va ilmiy innovatsion sohalardagi xalqaro tajribalarni tahlil qilish va joriy etish qobiliyati
Shartlar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (fan, texnika, ta’lim, axborot texnologiyalari, innovatsiyalar yoki tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Ilmiy darajaga ega bo‘lish (fan nomzodi yoki fan doktori darajasi afzal)
  • Oliy ta’lim tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 3 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi
  • Magistratura ta’lim jarayonini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish va innovatsion loyihalarni boshqarish bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish
  • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Davlat ta’lim standartlari, ilmiy va innovatsion siyosat bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘lish
  • Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish (C1 darajasi afzal), boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi
  • Kompyuter savodxonligi yuqori bo‘lishi, ilmiy ma’lumotlar bazalari va raqamli platformalarda ishlay olish