Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Xalqaro loyihalar va grantlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i

Xalqaro loyihalar va grantlar bilan ishlash bo'limi

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Universitetda xalqaro grant va loyihalarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
  • Xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkorlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
  • Grant arizalari, loyiha takliflari va hisobotlarini sifatli tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etish
  • Amalga oshirilayotgan loyihalar va grantlar monitoringini yuritish, natijalarini tahlil qilish
  • Bo‘lim xodimlari ishini boshqarish, ularga metodik va amaliy yordam ko‘rsatish
  • Universitet manfaatlari yo‘lida xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish
Talablar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, menejment, moliya, ta’lim menejmenti yoki tegishli sohalar bo‘yicha)
  • Xalqaro loyihalar va grantlar sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 3 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi afzal
  • Xalqaro tashkilotlar, grant beruvchi fondlar va hamkor universitetlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish
  • Ingliz tilini (C1 darajasida) mukammal bilish, boshqa xorijiy tillarni bilish afzal
  • Sog‘lig‘i bo‘yicha rahbarlik va xalqaro xizmat safarlari bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga yaroqli bo‘lish
Shartlar
  • Xalqaro grant va loyiha hujjatlarini tayyorlash, tahrirlash va taqdim etish bo‘yicha chuqur bilim
  • Grant qidirish, tanlov shartlarini tahlil qilish va ariza topshirish jarayonini boshqarish malakasi
  • Byudjet tuzish, moliyaviy hisobotlar tayyorlash va talablar asosida xarajatlarni nazorat qilish qobiliyati
  • Loyiha monitoringi va baholash metodologiyalarini bilish
  • Mahalliy va xalqaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish ko‘nikmasi