Universitetning IT strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
IT infratuzilmasi va axborot tizimlarining barqaror, xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlash
O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash
Kiberxavfsizlik choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot xavfsizligini monitoring qilish
IT-loyihalarni boshqarish, yangi dasturiy va texnik yechimlarni sinovdan o‘tkazish hamda joriy etish
IT xodimlari ishini tashkil etish, ularning malakasini oshirish va samaradorligini ta’minlash
Universitetning barcha bo‘limlariga axborot texnologiyalari bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish
Talablar
Axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi, dasturiy ta’minot injiniringi, axborot tizimlari yoki shu kabi tegishli sohalarda oliy ma’lumotga ega bo‘lish
IT sohasida kamida 5 yillik, shundan kamida 3 yili rahbarlik lavozimida ishlash tajribasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq infratuzilmasi, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar bazalari, dasturiy ta’minot va tizim boshqaruvi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish
Loyiha boshqaruvi, strategik rejalashtirish va jamoa boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
Yangi texnologiyalarni joriy etish va IT infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish
Shartlar
Lokal va global tarmoq tizimlarini loyihalash, joriy etish va boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba
Axborot xavfsizligi standartlari (ISO/IEC 27001 va boshqalar) hamda ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha bilim
Serverlar, virtualizatsiya tizimlari, bulutli texnologiyalar va zaxiralash mexanizmlarini boshqarish ko‘nikmasi
IT-budjetni shakllantirish va xarajatlarni optimallashtirish tajribasi
Texnik hujjatlarni tayyorlash va rasmiy yozishmalarni yuritish bo‘yicha malaka
O‘zbek, rus va ingliz tillarida texnik va ishchi muloqot olib borish qobiliyati afzal hisoblanadi