Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Cyber Academy boshlig'i

Cyber Academy

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Cyber Academy faoliyatini strategik boshqarish va rivojlantirish
  • Zamonaviy talablar asosida o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish
  • Kiberxavfsizlik va IT sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkil etish
  • O‘qituvchilar va trenerlar jamoasini shakllantirish va rivojlantirish
  • Mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim va sertifikatlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish
  • Cyber Academy faoliyati samaradorligi bo‘yicha rahbariyatga muntazam hisobot taqdim etish
Talablar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, ta’lim menejmenti, menejment yoki tegishli sohalar bo‘yicha)
  • Ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 3 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi afzal
  • Axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik va zamonaviy raqamli ta’lim tizimlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish
  • Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish (C1 darajasi afzal), boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi
  • Sog‘lig‘i bo‘yicha rahbarlik va ta’lim jarayonlari bilan bog‘liq xizmat safarlarini bajarishga yaroqli bo‘lish
Shartlar
  • Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, modernizatsiya qilish va joriy etish bo‘yicha tajriba
  • Kiberxavfsizlik, dasturlash, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar sohalarida o‘quv loyihalarini boshqarish ko‘nikmasi
  • Jamoa boshqaruvi, o‘quv jarayonini tashkil qilish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha menejment qobiliyati
  • Mahalliy va xalqaro ta’lim loyihalari, grantlar va hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tajriba
  • Raqamli ta’lim platformalari va masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmasi