Veb-sayt sinov rejimida ishlamoqda

Muhandislik fakulteti dekani

Muhandislik fakulteti

Ish tartibi: 9:00-18:00

Tajriba: Oliy ta'lim tizimida ta'lim bilan bog'liqlik rahbarlik lavozimida kamida 3 yil

Sinov muddati: 3 oy

Sinovdan keyingi maosh: Suhbat asosida

Bandlik turi: Mehnat shartnomasi

Shahar: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri

Manzil: Yangiobod ko'chasi 42-uy

Majburiyatlar
  • Fakultetning strategik maqsadlarini belgilash va rivojlanish rejasini amalga oshirish
  • O‘quv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish va takomillashtirish
  • O‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish
  • Fakultetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish
  • Xalqaro universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish
  • Fakultet faoliyati bo‘yicha universitet rahbariyatiga muntazam hisobot taqdim etish
Talablar
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (muhandislik, texnika, axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik yoki tegishli sohalar bo‘yicha)
  • Ilmiy darajaga ega bo‘lish (fan nomzodi yoki fan doktori darajasi afzal)
  • Oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish, shundan kamida 3 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi
  • Muhandislik va texnika sohasida zamonaviy yutuqlar va innovatsion texnologiyalarni chuqur bilish
  • Ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish (C1 darajasi afzal), boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi
  • Sog‘lig‘i bo‘yicha rahbarlik faoliyatini olib borishga va xizmat safarlariga yaroqli bo‘lish
Shartlar
  • Fakultet strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha menejment ko‘nikmasi
  • Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va o‘quv-uslubiy jarayonni nazorat qilish malakasi
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha tajriba
  • Mahalliy va xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish qobiliyati
  • Raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va zamonaviy laboratoriya jihozlarini joriy etish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma
  • Moliyaviy va resurslarni boshqarish bo‘yicha tajriba