Iqtisodiyot: Raqamli iqtisodiyot
Iqtisodiyot
O'qish shakli
Kunduzgi
Davomiyligi
4
Yillik kontrakt narxi
0 so'm
Yotoqxona
Ha
Harbiy kafedra
Yo'q
Davlat akkreditatsiyasi
Ha
Dastur rahbari
Noraliyev Ulug‘bek Saydiganiyevich
Tayyorlov yo‘nalishlari
Iqtisodiyot
DASTUR TA'RIFI
Iqtisodiyot: Raqamli Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalarni raqamli texnologiyalarning bozorlar, biznes modellari va iqtisodiy tizimlarga ta'siri hamda raqamlashtirish va iqtisodiy tamoyillar haqida keng qamrovli tushunchalar bilan ta’minlaydi. Ushbu sohalararo dastur iqtisodiyotni innovatsiyalarni boshqarish, raqamli biznes jarayonlari va ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish bilan birlashtiradi.
Talabalar elektron tijorat va raqamli moliyadan tortib, platformalar iqtisodiyoti va raqamli mehnat bozorlarigacha bo‘lgan ilmlarni egallaydi. Raqamlashtirish iqtisodiy faoliyatni qanday o‘zgartirishini tahlil qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘ladilar. O'quv re’jasi ham nazariy asoslarga, ham amaliy qo'llanmalarga urg'u beradi, bitiruvchilarni rivojlanayotgan raqamli iqtisodiy muhitda faoliyat ko‘rsatish va yetakchilik qilishga tayyorlaydi.
Bitiruvchilar raqamli olamda iqtisodiy dinamikani, jumladan, elektron biznesni boshqarish, siyosat tahlil va texnologiyaga asoslangan sektorlarda strategik rivojlanishni chuqur tushunishni talab qiladigan kasblarga tayyorlanadi.
DASTUR MAZMUNI
Ta’lim yo‘nalishi iqtisod, biznes va raqamli texnologiyalarni birlashtirgan o‘quv re’jasi orqali taqdim etiladi, unda quyidagilar mavjud:
- Iqtisodchilar, raqamli biznes bo'yicha ekspertlar va sanoat amaliyotchilari tomonidan ma'ruzalar va seminarlar;
- Biznes razvedkasi, ma'lumotlar tahlili va raqamli strategiya bo'yicha amaliy mashg'ulotlar;
- Raqamli platformalar va amaliy tadqiqotlarga kirish;
- Raqamli iqtisodiyot korxonalarida amaliyot va xususiy, davlat, nodavlat va xalqaro loyihalarda faoliyat olib borish.
O'rganishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
● Asosiy iqtisod va miqdoriy asoslar;
● Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar;
● Biznes va tashkiliy boshqaruv;
● Maʼlumotlarni tahlil qilish va raqamli vositalar;
● Huquqiy, axloqiy va ijtimoiy jihatlar.
KELAJAKDAGI KASBLAR
“Iqtisodiyot: raqamli iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasblarni egallaydi:
- Iqtisodiy siyosat bo'yicha maslahatchi (raqamli sektor);
- Raqamli bozorlar bo'yicha ma'lumotlar tahlilchisi;
- Raqamli biznes tahlilchisi;
- Elektron biznes menejeri;
- Innovatsiyalar va texnologiyalar bo'yicha maslahatchi;
- Raqamli strategiya bo'yicha mutaxassis;
- Raqamli moliya tahlilchisi.
Ular texnologik firmalarda, moliyaviy institutlarda, konsalting agentliklarida, davlat idora va tashkilotlarida hamda startaplarda mahalliy va xalqaro miqyosda raqamli iqtisodiyotning o'sishi va barqarorligiga hissa qo'shadigan mutaxassislarga aylanadilar.